
FIFA prezidenti VAR tizimidan ko‘ngli to‘layotganini aytdi
FIFA prezidenti Janni Infantino Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan mundialda ilk marta qo‘llanilayotgan VAR (videotakrorlar) tizimining muvaffaqiyatli ishlayotganini aytib o‘tdi.
“Hozir avvalgidek ofsayddan kiritilgan gollar ham inobatga olinmaydi. Avval shu kabi holatlar katta bahs-munozaralarga sabab bo‘lar edi, hozir esa bular yo‘q. VAR endi bunday tortishuvlarga yo‘l qo‘ymaydi, bu dastur ishlayapti.
Bu boradagi natijalar esa juda ijobiy. Turnir davomida hozircha 440ta holat videotakrorlar tizimida ko‘rib chiqildi. Shularning 19tasini uchrashuv hakamlarining o‘zlari borib ko‘rishdi va 16ta vaziyatda ularning noto‘g‘ri qarorlari tuzatildi.
Endi jahon chempionatlarini VAR’siz tasavvur qilish qiyin. Biz bunga harakat qilgan edik va bunga erishdik”, - deydi Infantino.
Fikrlar