FIFA terma jamoasiga yordam berishdan bosh tortgan futbolchilarni va ular to‘p suradigan klublarni jazolaydi
Bir necha kunlardan so‘ng start oladigan Afrika millatlar kubogida o‘z mamlakati sharafini himoya qilishdan bosh tortgan futbolchilarga nisbatan jiddiy chora ko‘rishi mumkin. Aniqrog‘i, FIFA bu futbolchilarni bir nechta o‘yinga chetlatishi, u to‘p surayotgan klubga esa katta miqdorda jarima solishi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.

Gap APLda to‘p tepuvchi ikkita kamerunlik himoyachi haqida ketmoqda. Ular “Liverpul”dan Joel Matip va “Vest Bromvich”dan Allan-Romeo Nomlardir. Bu ikkala futbolchi dekabr oyidayoq Afrika millatlar kubogida ishtirok etmasliklari haqida aytishgan edi.

“Klublar o‘z futbolchilariga Afrika millatlar kubogida ishtirok etishlari uchun ruhsat berishlari kerak. Agar bunday bo‘lmasa, FIFA nafaqat futbolchini, balki, u to‘p surayotgan jamoani ham jazolashi mumkin. Futbolchi faqatgina jarohat olgan bo‘lsa turnirni o‘tkazib yuborishi mumkin. Boshqa har qanday holatda ham u musobaqadan bosh tortishi mumkin emas. Agar FA (Angliya futbol assotsatsiyasi) bunga halaqit berishga urinsa, uning o‘ziga nisbatan sanktsiyalar qo‘llanilishi mumkin”, - deydi advokat Devid Seligman.
Eslatib o‘tamiz, Afrika millatlar kubogi 14 yanvardan 5 fevralga qadar Gabon davlatida o‘tkaziladi.

Fikrlar