Fazliddin G‘oibnazarov yana bir raqibini nokautga uchratdi

  • 21 oktabr, 2018, 10:43
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Mazkur jangda bokschimizga amerikalik charm qo‘lqop ustasi Uilbert Lopes raqiblik qildi.

Tecno

Hamyurtimiz sakkiz raundga mo‘ljallangan jangning ikkinchi raundidayoq raqibini nokautga uchratdi va navbatdagi g‘alabasini tantana qildi.

Ma’lumot uchun, Fazliddinning professional ringda o‘tkazgan janglari soni 6 taga etdi. Hamyurtimiz ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan. Janglarning 3 tasida raqiblarini nokaut evaziga mag‘lub etgan. Lopes esa bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda professional ringda 35-jangini o‘tkazdi. U janglarining 23 tasida g‘alaba qozongan. 15 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. 10 ta to‘qnashuvda esa mag‘lubiyatga uchragan. 2 ta jangda muddatidan oldin yutqazib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!