Fazliddin G‘oibnazarovning ustozi qo‘l ostida tayyorlangan Kovalev chempionga aylandi (video)

  • 26.11.2017 13:25
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyalik bokschi Sergey Kovalev o‘zining navbatdagi jangini 26 noyabr kuni Nyu-Yorkdagi “Madison Square Garden” arenasida o‘tkazdi.

Ukrainalik Vyacheslav Shabranskiyga qarshi kechgan bahsda rossiyalik bokschi ikkinchi raundda raqibini texnik nokautga uchratdi va WBO talqini bo‘yicha chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. Shabranskiy bungacha uch marta nokdaunda uchradi.

Shunday qilib, Kovalev hisobida 31 g‘alaba (27 nokaut), 2 mag‘lubiya va bitta durang bo‘ldi.


*Abror Tursunpo‘latov o‘ngda

Eslatib o‘tamiz, 18 sentyabr kuni Kovalev sobiq murabbiyi Jon Devid Jekson bilan shartnomani bekor qilib, o‘zbekistonlik murabbiy Abror Tursunpo‘latov bilan hamkorlikni boshlagan edi. Ushbu mutaxassis shuningdek, professional ringda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz Fazliddin G‘oibnazarovning murabbiyi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!