Fellayni Xitoy klubiga o‘tishga rozi bo‘ldi

  • 30 yanvar, 2019, 15:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Maruan Fellayni faoliyatini Xitoyning "Shandun Lunen" klubida davom ettiradi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 31 yoshli belgiyalik futbolchi xitoyliklar bilan kelishuvga erishgan va joriy qishki transferlar davridayoq ushbu jamoaga ko‘chib o‘tishga tayyor. Endi buning uchun klublar rahbariyati o‘zaro kelishuvga erishishsa bas.

Ma’lumot uchun, Fellayni MYu safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 177ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 22ta gol va 12ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!