Fellayniga Xitoy va Turkiyadan takliflar bo‘lmoqda

  • 16 yanvar, 2019, 11:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” klubi xavbeki Maruan Fellayni jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Tecno

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli belgiyalik futbolchiga “Milan” va “Portu”dan tashqari shuningdek Xitoy va Turkiya klublaridan ham qiziqishlar mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Fellayni Joze Mourino davrida MYuning asosiy tarkib futbolchisi hisoblanar edi. Ammo, jamoaga Ole-Gunnar Sulsher kelgach u zaxira futbolchisiga aylanib qoldi.

Ma’lumot uchun, Fellayni joriy mavsum APLda jami 14ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta golga assistentlik qilishga erishdi. Uning mankuanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!