Fergyusson davridan keyingi “MYu”ning eng alamli 12 uchrashuvi (1 qism)

  • 28 noyabr, 2016, 19:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kuni kecha APLning 13-turida o‘z maydonida “Vest Xem”ni qabul qilgan Joze Mourino shogirdlari o‘yinda kichik ustunlikka ega bo‘lsada, hisobda buni aks ettirishning uddasidan chiqa bilmadi. Shu tariqa Joze boshliq “qizil iblislar” APL da 26 yil ichida ilk bor o‘z maydonlaridagi ketma-ket 4 ta o‘yinda g‘alaba qozona olmadi. Shu munosabat bilan biz “MYu”ning afsonaviy murabbiylaridan biri bo‘lgan Ser Aleks Fergyuson faoliyatini tugatganidan so‘ng “qizil iblislar”ning eng omadsiz uchrashuvlarini eslashga harakat qildik.

“Manchester Yunayted” 1-1 “Sanderlend”(penaltilar bo‘yicha 1-2)
Murabbiy
: Devid Moyes
Turnir: Angliya Liga kubogi, yarim final

Fergyusondan so‘ng jamoa juda qiyin ahvolga tushib qoldi va hattoki, evrokuboklarsiz qoldi. 2014 yilning yanvarida esa APL doirasidagi 4 uchrashuvning ikkisida imkoniyat boy berildi. Bunisi kamlik qilganidek, Liga kubogi yarim finalidagi mag‘lubiyat ortiqchalik qildi. Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida g‘olib nomi aniqlanmagach, penaltilar seriyasiga murojaat etildi. “Futbol lotoreyasi”da esa “qora mushuklar” omadli chiqishdi.

“Manchester Yunayted” 0-3 “Liverpul”
Murabbiy:
Devid Moyes
Turnir: APL

2013/14 yilgi mavsumda Moyes shogirdlari mavsumdagi har ikkala uchrashuvda “Liverpul”ga mag‘lub bo‘lishgan edi. “Enfild”dagi minimal hisobdagi mag‘lubiyatni to‘g‘ri tushunish mumkindir. Biroq o‘z maydonida printsipial raqibga 0-3 hisobida mag‘lub bo‘lishni uncha-muncha muxlis “hazm qila olmaydi”. Suares hamda Jerrardning gollari “MYu” muxlislarining qalbiga nishtardek og‘ir botgan bo‘lsa ajabmas, o‘shanda.

“MK Dons” 4-0 “Manchester Yunayted”
Murabbiy
: Lui van Gaal
Turnir: Angliya liga kubogi

Liga kubogi turniridagi navbatdagi omadsizlik. Faqat bu safar boshqaruvda van Gaal janoblari edi. Milton-Keyns shahri ko‘proq Formula-1 sport turida mashhurroqdir. 2004 yilda tashkil topgan jamoa “MYu”ni 4-0 hisobida tor-mor etishni uddalagan edi.

“Lester” 5-3 “Manchester Yunayted”
Murabbiy
: Lui van Gaal
Turnir: APL

Avvalambor “Lester” so‘nggi bor bir o‘yinda 5 ta gol urgan holat 2000 yilda qayd etilganini aytish joiz. “Manchester Yunayted” ikki to‘p farqi bilan oldinda turib, mag‘lub bo‘lgan holat hali APL tarixida bo‘lmagan edi. Biroq Vardi, Uloa, Nyujent hamda Kambyassoning gollari evaziga “tulkilar” kambek qila olishgan edi. Darvoqe, “MYu” mazkur raqibdan 4 yoki undan ko‘p gol o‘tkazib yuborgan holat so‘nggi bor 1963 yilda qayd etilgan edi.

“Arsenal” 3-0 “Manchester Yunayted”
Murabbiy
: Lui van Gaal
Turnir: APL

Birinchi bo‘limning dastlabki yarmida van Gaal shogirdlari Sanches va O‘zil tomonidan kiritilgan gollar evaziga shok holatiga tushib qoladi va ushbu vaziyatdan chiqib keta olishmaydi.

“Manchester Yunayted” 0-0 “PSV”
Murabbiy
: Lui van Gaal
Turnir: EChL, guruh bosqichi

Muvafaqqiyatli o‘tgan 2015 yildan so‘ng “qizil iblislar” EChLda o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi. Xalqaro arenadagi ilk o‘yinda esa “MYu” mehmonda PSVga imkoniyatni boy berdi. Etmaganiga esa Lyuk Shouni uzoq muddatga yo‘qotadi. “Old Trafford”dagi javob o‘yinida esa nursiz durang qayd etilgan va yakunda “MYu” musobaqani guruh bosqichidayoq tark etgan edi.

Davomi bor…

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!