Fernandu Santush: Ronalduning terma jamoaga qaytishiga hech qanday shubham yo‘q

  • 18.11.2018 21:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronalduning yana terma jamoaga qaytishi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Ronalduning terma jamoadagi kelajagi bormi? Shubhasiz, bor. Agar OAVda boshqacha xabarlar mavjud bo‘lsa, bu borada hech narsa deya olmayman. Aytishim mumkinki, Krishtianu Ronaldu bu jamoaning bir qismi hisoblanadi”, - deydi Santush.

Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli Ronaldu JCh-2018dagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini noma’lum muddatga to‘xtatgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!