Floyd Meyvezer Menni Pakyaoni o‘ldirib qo‘yishi mumkin

  • 20.11.2016 17:14
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Katta Floyd Meyvezer turli OAVda tez-tez tilga olinayotgan kichik Floyd Meyvezer va Menni Pakyao o‘rtasida tashkil etilishi mumkin bo‘lgan revansh jangi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Boks bo‘yicha 12 karra jahon chempionining otasi va murabbiyi katta Floyd Meyvezer so‘zlariga ko‘ra, Pakyaoga qarshi revansh jangida kichik Meyvezer katta ustunlik bilan zafar quchadi.

“Xoh ishoning, xoh ishonmang o‘g‘lim yana zafar quchadi. Ammo bu safargi o‘tgan galgisidan yomonroq bo‘ladi. Men Pakyaoning Vargasga qarshi jangini ko‘rdim. Deyarli o‘sish yo‘q. Sizga to‘g‘risini aytaymi? O‘ylaymanki, Floyd sparring o‘tkazmasdan uni kaltaklagan bo‘lar edi. Agar sparring o‘tkazadigan bo‘lsa, umuman “o‘ldirib” qo‘ya qolar edi, – deya katta Meyvezerning so‘zlarini keltiradi Boxing Scene nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!