
"Fulxem" xavbeki APL tarixiga kirdi
“Fulxem” yarim himoyachisi Rayan Sessenon ayni damda APLning 9-turi doirasida “Kardiff”ga (2:2, tanaffus) qarshi bo‘lib o‘tayotgan bahsda raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishdi.
E’tiborlisi, 18 yoshli Sessenon Angliya premer-ligasi tarixida XXI asrda tavallud topgan va gol urgan ilk futbolchi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Sessenon “Fulxem” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2016/17 yilgi mavsumdan boshlab jamoaning asosiy tarkib futbolchisi sifatida to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar