
Futzal. O‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi chorak final natijalari
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining 2018 yilgi taqvim rejasiga asosan joriy yilning 20 dekabr kuni Jizzax shahrida U-16 yoshli o‘smirlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi musobaqasi boshlangani haqida avval xabar berib o‘tgandik.
Musobaqada jami 9ta jamoa 3ta guruhga bo‘lingan holda ishtirok etmoqda. Musobaqaning chorak final o‘yinlari yakuniga etdi. Unda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:
Sirdaryo - Farg‘ona 8:1
Samarqand - Toshkent shahri 6:4
Toshkent viloyati - Buxoro 4:5
Xorazm - Jizzax -:+
Yarim finalda quyidagi jamoalar o‘zaro kuch sinashishadi:
Sirdaryo - Buxoro
Samarqand - Jizzax
Fikrlar