Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati U-20 saralash bosqichi. Bugun yana ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tadi

  • 2 dekabr, 2018, 10:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Xabaringiz bor, kecha Toshkentda futzal bo‘yicha Osiyo chempionati U-20 musobaqasining Markaziy mintaqa saralash bahslari boshlandi.Birinchi kun uchrashuvlarida Eron Turkmanistonni, O‘zbekiston esa Qirg‘izistonni bir xil 6:3 hisobida taslim etishdi.

Bugun saralash bahslari davom ettiriladi. Kunning birinchi uchrashuvida Tojikiston Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. O‘yin soat 13:00da boshlanadi.

Soat 16:00da esa Afg‘oniston Turkmaniston bilan kuch sinashadi.  
 
Markaziy mintaqadan Eron, O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Afg‘oniston hamda Qirg‘iziston terma jamoalari joy olishgan. 
 
2 dekabr 
 
13:00 Tojikiston – Qirg‘iziston
 
16:00 Afg‘oniston – Turkmaniston

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!