
Fyodor Smolovga London klubi qiziqish bildirmoqda
Rossiyaning “Krasnodar” klubi forvardi Fyodor Smolov faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga qaraganda 28 yoshli Rossiya terma jamoasi a’zosiga Londonning "Kristal Pelas" klubi qiziqish bildirmoqda. Ta’kidlash lozimki, Smolovni shaxsan jamoa bosh murabbiyi Roy Xojson "Kristal Pelas" safida ko‘rmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Smolovga Londonning boshqa bir klubi - "Vest Xem" qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar