"Galatasaray" Dzyubaga qiziqish bildirmoqda
Turkiyaning "Galatasaray" klubi "Zenit"ning xujumchisi Artyom Dzyubaga qiziqish bildirmoqda.
Sporun Dibi nashrining xabar berishicha, turkiyaliklar ushbu transferni amalga oshirish uchun futbolchining otasini Stambulga taklif qilishgan.
Aytib o‘tish joizki, Artem JCh-2018dan so‘ng Evropa klublarining qiziqishiga sazovor bo‘ldi. Mundial doirasida Dzyuba Rossiya terma jamoasi safida 3 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan va 2ta golli pasni o‘z nomiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.



Fikrlar