Galiulinning jamoasida ishlar yaxshi emas

  • 31 iyul, 2017, 00:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina Rossiya Premer-Ligasi 3-turidan o‘rin olgan “Tosno” – “Zenit” o‘yini o‘z nihoyasiga etdi.

Tecno

Yaxshi bilasiz, “Tosno” safida hamyurtimiz Vagiz Galiulin faoliyat olib boradi. Mamlakat grandiga qarshi bahsda Galiulin o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 64-daqiqada almashtirildi. Uchrashuvning 10-daqiqasida Aleksandr Kokorin tomonidan kiritilgan yagona gol “Zenit”ga g‘alaba keltirdi.

“Tosno” esa o‘tkazilgan 3 ta o‘yinning birortasida g‘alaba tugul, durang ham qayd eta olmadi.

Rossiya Premer-Ligasi. 3-tur

Tosno – Zenit 0:1 (0:1, 0:0)

Gol: 0:1 – 10 Kokorin.

Tosno – Yurchenko, Shaxov, Chernov, Dudiev, Dugalich, Kazaev (Markov, 70), Karnitskiy, Nunu Rosha, Galiulin (Palienko, 64), Melkadze (Mirzov, 62),Zabolotnyy.

Zenit – Lunev, Ivanovich, Krishito, Smolnikov, Garsiya, Shatov (Dzyuba, 56), Paredes, Kuzyaev, Eroxin, Kokorin, Driussi (Jirkov, 88).

Ogohlantirishlar: Chernov (19), Eroxin (45), Galiulin (55), Nunu Rosha (87).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!