Gamburg-2017: Bokschilarimizning chorak finaldagi raqiblari bilan tanishing

  • 29 avgust, 2017, 08:39
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bugun Germaniyaning Gamburg shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining beshinchi kungi bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Kechagi saralash janglaridan so‘ng chorak finalga yo‘l olgan bokschilarimiz soni 9 nafarga etdi. Endi ular musobaqaning kunduzgi va kechki dasturlarida yarim final uchun ringga chiqishadi.

Kunduzgi dasturda ringga chiqadigan bokschilarimiz bilan tanishing. Janglar Toshkent vaqti bilan 18:00da start oladi.

49 kg:
Hasanboy Do‘stmatov (O‘zbekiston) —Amit (Hindiston)

64 kg:
Iqbol Xoldorov (O‘zbekiston)— Artem Xarutyunyan (Germaniya)

75 kg:
Isroil Madrimov (O‘zbekiston) — Troy Isley (AQSh)

91 kg:
Sanjar Tursunov (O‘zbekiston)— Roy Korving (Niderlandiya)

Shuningdek, kechki janglar dasturida besh nafar bokschimiz ringga chiqishi rejalashtirilgan. Janglar Toshkent vaqti bilan soat 22:00da start oladi.

52 kg:
Jasur Latipov (O‘zbekiston)— Avila Segura (Kolumbiya)

60 kg:
Elnur Abduraimov (O‘zbekiston)— Otar Eranosyan (Gruziya)

69 kg:
Shahram G‘iyosov (O‘zbekiston)— Pet Maksormak (Angliya)

81 kg:
Bektemir Meliqo‘ziev (O‘zbekiston)— Erik Aljanov (Qozog‘iston)

+91 kg:
Bahodir Jalolov (O‘zbekiston)— Kamishbek Kunkabaev (Qozog‘iston)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!