Gamburg-2017: Konkabaev finalda va kechagi yarim final janglarining to‘liq tafsilotlari

  • 2 sentabr, 2017, 08:32
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ayni kunlarda Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionati ham yakunlanib bormoqda. Kecha ushbu turnirning yarim final bahslariga yakun yasaldi.

Tecno

Gamburg-2017: Finallarda O‘zbekiston – Kuba qarama-qarshigi bo‘ladi(batafsil)

52 kg:

Ushbu vazn toifasida hamyurtimiz Jasurbek Latipov yarim finalda janubiy koreyalik Kim In-Kyudan ustun kelgani haqida xabar bergan edik.

Gamburg-2017: Levit kubalik bokschiga mag‘lub bo‘ldi, Eraliev finalda va bugunning barcha o‘yinlari tafsilotlari

Ikkinchi yarim final jangida esa muxlislar ajoyib bahs guvohi bo‘lishdi. Rossiyalik Tamir Galanov kubalik Yosbani Veitiaga qarshi ringga ko‘tarildi. Juda keksin va murosasiz kechgan bahsda hakamlar kubalik bokschining 3:2 hisobidagi g‘alabasini qayd etishdi.

60 kg

Chorak finalda Elnur Abduraimovni turnirdan chiqarib yuborgan gruziyalik Otar Eronasyan kubalik Lazaro Alvares Estradaga qarshi ringga ko‘tarildi. Mazkur bahs kubalik bokschining 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga etdi.

+91 kg

Yana bir hamyurtimiz – Bahodir Jalolovni turnirdan chiqarib yuborgan Qamshibek Konkabaev esa final uchun  bahsda kamerunlik Foku Arsenega qarshi ringga ko‘tarildi. Ushbu jang 4:1 hisobida qozog‘istonlik bokschining g‘alabasi bilan nihoyasiga etdi.

Quyida kechagi yarim final janglarining to‘liq natijasi bilan tanishtiramiz.

Boks bo‘yicha jahon chempionati. Yarim final. Ikkinchi kun

52 kg

Yosbani Veitia (Kuba) – Tamir Galanov (Rossiya) 3:2

Jasurbek Latipov (O‘zbekiston) -  Kim In-Kyu (Janubiy Koreya)

60 kg:

Lazaro Estrada Alvares (Kuba) – Otar Eranosyan (Gruziya) 5:0

Otgondalai Dorjnyambuu (Mo‘g‘iliston) – Sofyan Oumixa (Frantsiya) 5:0

69 kg:

Shahram G‘iyosov (O‘zbekiston) – Ablayxan Jusupov (Qozog‘iston) 4:1

Roniel Iglesias (Kuba) – Abbas Barau (Germaniya) 4:1

Gamburg-2017: Shahramdan rosa “egan” qozoq bokschisi jangdan so‘ng nimalar dedi?

81 kg:

Xulio La Kruz (Kuba) – Karlos Mina Kaysedo 5:0

Joze Uord (Irlandiya) – Bektemir Meliqo‘ziev  (O‘zbekiston) 3:2

+91 kg:

Qamshibek Konkabaev (Qozog‘iston) – Arsen Foku (Kamerun) 5:0

Jozef Guddl (Avstraliya) – Mahamadrasul Majidov (Ozarbayjon) 4:1.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!