Ganter Uels terma jamoasida rekord o‘rnatdi

  • 21.11.2018 13:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Uels terma jamoasi himoyachisi Kris Ganter kecha Albaniyaga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi.

Tecno

E’tiborlisi, ushbu uchrashuv 29 yoshli futbolchi uchun terma jamoa safidagi 93-o‘yin bo‘ldi. Opta nashri tarqatgan xabarga qaraganda Ganter shu tariqa Uels terma jamoasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish borasida rekordchiga aylanib oldi. Qayd etish lozimki, bu boradagi avvalgi rekord Nevill Sautollga (1982-1997 yillar, 92ta o‘yin) tegishli edi.

Ma’lumot uchun, Uels terma jamoasining asosiy yulduzi Garet Beyl hozircha bosh jamoada 74ta o‘yinda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!