
Gattuzo Chalxanogluni "Milan"da olib qolmoqchi
“Milan” bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo jamoaning turkiyalik yarim himoyachisi Xakan Chalxanogluni tarkibda saqlab qolmoqchi.
Football Italia tarqatgan xabarga ko‘ra “rossonerilar” 24 yoshli futbolchining transferi borasida “RB Leyptsig” bilan kelishuvga erishishgan, Chalxanogluning o‘zi ham nemis klubi bilan kelishib olgan. Biroq, Gattuzo ushbu transferga qarshilik qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Chalxanoglu joriy mavsum “Milan” safida A Seriyada 17ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 3ta goliga assistentlik qilishga erishdi.
Fikrlar