Gattuzo "Milan"dan ketmaydi
"Milan" sport direktori Leonardo so‘zlariga ko‘ra, Jennaro Gattuzo jamoa bosh murabbiyligin tark etmaydi va italyan klubida ishini davom ettiradi.
— Rahbariyat mendek o‘ylashiga umid qilaman. Gattuzo murabbiy sifatida qoladi. Boshqa variantlarni muhokama qilganimiz yo‘q. Gattuzo murabbiy sifatida o‘sdi. U haqiqiy "milanlik", shuning uchun qoladi, — deydi Leonardo matbuot anjumanida.
Avvalroq OAVda "Milan" yangi xo‘jayini amerikalik xej-fond Elliot Management jamoada ko‘plab kadrlar o‘zgarishini rejalashtirayotganligi aytilgan edi. Shu sabab fond rahbariyati "rossoneri" murabbiyligiga "Yuventus", "Chelsi" klublari va Italiya terma jamoasi sobiq ustozi Antonio Konteni tayinlamoqchi.

Fikrlar