Gattuzo qachon iste’foga chiqarilishi ma’lum bo‘ldi

  • 28 dekabr, 2018, 18:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jennaro Gattuzo “Milan”dagi bosh murabbiylik lavozimini 29 dekabr kuni SPAL bilan bo‘ladigan o‘yindan tark etishi mumkin.

Tecno

Avvalroq Milan klubi rahbariyati 40 yoshli italiyalik mutaxassisga “Frozinone” va SPAL bilan bo‘ladigan o‘yinlarda 6 ochko jamg‘arish vazifasini qo‘ygan edi, biroq birinchi uchrashuv durang bilan yakunlandi.

Gattuzo endi 19-tur o‘yinidan so‘ng jamoani tark etadi. Qishki tanaffusda jamoa rahbariyati yangi murabbiy tayinlaydi. Hozirda “rossonerilar” bosh murabbiyligiga Antonio Konte va Arsen Venger asosiy da’vogarlardan bo‘lib turibdi. Biroq ularning jamoa kelish ehtimoli kam.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!