
Germaniya terma jamoasi o‘z antirekordini takrorladi
Avvalroq xabar berganimizdek, UEFA Millatlar ligasi doirasida Germaniya terma jamoasi Gollandiyada sharmandaliy mag‘lubiyatga (3:0) uchradi.
Aytib o‘tish joizki, bundestim uchun bu 2018 yildagi beshinchi mag‘lubiyatdir. Ilgariroq, Yoaxim Lyov tarbiyalanuvchilari JCh-2018 doirasida Janubiy Koreyaga (0:2) va Meksikaga (0:1) mag‘lub bo‘lishgandi, o‘rtoqlik uchrashuvlarida - Avstriya (1:2) hamda Braziliya termasiga qarshi (0:1) uchrashuvlarda imkoniyatni boy bergan.
Ma’lumot uchun, Germaniya bunday antirekordni 1956 va 1985 yillarda qayd etgan.
Fikrlar