Gollandiyani faqat mo‘jiza JCh saralashida olib qoladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Gollandiya terma jamoasi JCh-2018 saralash bosqichi so‘nggi turi oldidan juda ham qiyin ahvolda qoldi.

Gap shundaki, “uchar gollandlar” so‘nggi turda Shvetsiyaga qarshi kechadigan bahsni kamida 7 ta to‘p farqi bilan o‘z foydalariga hal etishlari lozim.

Dik Advokat shogirdlari shundagina, JCh-2018 saralash bosqichining o‘tish o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadilar.

Ayni danda Gollandiya B guruhida 16 ochko to‘plagan holda 3-o‘rinda bormoqda. Ikkinchi o‘rindagi Shvetsiya hisobida 19 ochko mavjud. Biroq skandinaviyaliklar to‘plar nisbati ham yaxshi ko‘rinishga ega ekanligi gollandlarga pand bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!