Gretsiya terma jamoasi bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi

  • 25 oktabr, 2018, 22:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gretsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mixael Skibbe o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 53 yoshli mutaxassisning iste’fosiga so‘nggi paytlarda terma jamoaning qayd etayotgan qoniqarsiz natijalari sabab bo‘lgan. Ta’kidlash kerakki, Gretsiya UEFA Millatlar ligasining o‘tgan 4ta turidan so‘ng 6 ochko to‘pladi va mantiqan guruhdan chiqish imkoniyatini yo‘qotdi.

Endi Gretsiya terma jamoasini mahalliy murabbiy Angelos Anastasiadis boshqarib boradi. U bilan 2020 yilga qadar shartnoma imzolandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!