Gvardiola: Zidan bilan soch turmagimiz o‘xshash xolos

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning “Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Real”ning Chempionlar ligasidagi g‘alabasi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Zidan bilan faqatgina soch turmagimiz o‘xshash holos. U buyuk murabbiy va men bilan solishtirganda, u umuman boshqa saviyadagi futbolchi bo‘lgan. Zidan ajoyib ishni uddalagani uchun hursandman. “Real”ni tabriklayman, ular haqli ravishda chempionlikni qo‘lga kiritishdi.

Biroq, yana shuni ham eslatib o‘tishim lozimki, “Barselona” har vaqt o‘z darajasiga qaytishi mumkin. Valverde – juda yaxshi murabbiy va shu bilan birga mening qadrdon do‘stim. Bu “Barselona” uchun eng yaxshi tanlov bo‘ldi”, - deydi Gvardiola.

"Real" Chempionlikni Madridda qanday nishonladi? (foto)

"Barselona" Rafinya bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!