Hakam o‘yindan so‘ng Ronalduning libosini so‘ragani rostmi?
FIFA JCh-2018 2-turi doirasida Marokash – Portugaliya o‘yinidan so‘ng ushbu o‘yinni boshqargan amerikalik Mark Geyger sha’niga aytilgan so‘zlar borasida rasmiy bayonot berdi.
Uchrashuvdan so‘ng marokashlik Nordin Amrabat tanaffus vaqtida Pepedan hakamning Ronaldudan libosini berish haqida so‘ragani borasida aytgan gapni eshitib qolganini aytib o‘tgan edi.
“Janob Geyger ushbu voqeani butunlay rad etdi. Biz uning professional ishlaganini tasdiqlaymiz va futbolchilarga feyr-pleyning barcha qoidalarini ko‘rib chiqishni maslahat qilamiz”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Fikrlar