Hamdamovning "Anji"si o‘z maydonida TsSKAga yutqazdi
Bundan biroz avval Rossiya premer-ligasining 11-turidan o‘rin olgan hamyurtimiz Dostonbek Hamdamov to‘p suradigan Maxachkalaning “Anji” klubi hamda Moskvaning TsSKA klublari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Qiziqarli kechgan o‘yinda maydon egalari 0:2 hisobida imkoniyati boy berib qo‘yishdi. Afsuski o‘zbekistonlik futbolchi ushbu o‘yinda maydonga tushirilmadi.
"Anji" – TsSKA - 0:2
Gollar: Vlashich, 31 - 0:1, Chalov, 71 - 0:2.
"Anji": Dyupin, Savichev, Chanselor, Udalyy, Novoseltsev, Gigolaev, Kulik, Ondua (Tetrashvili, 84), Glebov (Chaykovskiy, 75), Ponse, Dolgov (Ax’yadov, 59).
TsSKA: Akinfeev, Nababkin, Rodrigo Bekao, Magnusson, Fernandes, Axmetov, Oblyakov, Vlashich (Xosonov, 76), Efremov, Dzagoev (Sigurdsson, 68), Chalov (Jamaletdinov, 73).

Fikrlar