
Hamdamovning jamoasi kuchli klubga mag‘lub bo‘ldi
Bugun Rossiya Premer-ligasida 26-tur o‘yinlari davom ettirildi. Hamyurtimiz Dostonbek Hamdamov faoliyat olib boradigan “Anji” klubi bu tur safarda “Zenit” bilan kuch sinashdi.
Mazkur o‘yinda tajriba o‘z so‘zini aytib, piterliklar 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Hamyurtimiz zahirada qoldirildi.
Mazkur natijadan so‘ng maxachaqaliklar jamg‘argan ochkolar soni 24 taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.
Rossiya Premier-ligasi. 26-tur
Zenit – Anji 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 36 Driussi.
Zenit – Lunev (Lodigin, 77), Ivanovich, Krishito, Smolnikov, Mevlya, Paredes, Kranevitter, Jirkov, Eroxin, Driussi (Rigoni, 71), Zabolotniy (Poloz, 53).
Anji – Loriya, Poluyaxtov, Brizgalov, Tetrashvili, Musalov (Budkovskiy, 84), Bakaev, Xubulov (Markelov, 71), Anton (Prudnikov, 65), Danchenko, Samardjich, Leskano.
Ogohlantirishlar: Smolnikov (39), Xubulov (44), Krishito (52), Lodigin (86).
Fikrlar