Hamyurtimiz Jasurbek Latipov chempionatni g‘alaba bilan boshladi.

  • 30 aprel, 2017, 19:57
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Kunning ikkinchi yarmidan boshlab start olgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining dastlabki 14 jangi ortda qoldi. 49, 56, 64 hamda 75 kilogramm vazn toifasida 28 nafar bokschi ringga ko‘tarildi. 21 mamlakat vakillari o‘z ishtirokini allaqachon boshlab bo‘lgan bo‘lsa, yana 7 mamlakat vakillari bugun soat 19.00 dan boshlab ketma-ket ravishda musobaqadagi dastlabki janglarini o‘tkazadi.

Tecno

Mavqeyi jihatidan eng oliy o‘rinda turuvchi ushbu chempionatning dastlabki kunida O‘zbekiston terma jamoasidan faqatgina Jasurbek Latipov ringa chiqdi.

Hamyurtimiz ustunligi ostida o‘tgan bahsda, Jasurbek Latipov raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va chempionatni g‘alaba bilan boshladi.

SPORTS.uz Axborot Portali ushbu janglarning natijalarini onlayn tarzda siz aziz o‘quvchilarga taqdim etadi.

19:30 (GMT+5) | Day 1

Preliminaries Men's Fly (52kg)

RED ASIF Syed M (Pakistan)

BLUE LATIPOV Jasurbek (Uzbekistan) - WINNER

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!