
Ibragimovich: Agar istasam jahon chempionatiga borishim mumkin
Bundan bir necha kun muqaddam “Manchester Yunayted”dan AQShning "Los-Andjeles Gelaksi" jamoasiga ko‘chib o‘tgan hujumchi Zlatan Ibragimovich Shvetsiya terma jamoasiga qaytib, JCh-2018da ishtirok etish niyati borligiga sha’ma qildi.
“Agar xohlasam jahon chempionatiga borishim mumkin, xohlamasam yo‘q. Hammasi mening o‘zimga bog‘liq. Men futbol o‘ynashni judayam sog‘indim. Bu menga kerak”, - deydi 36 yoshli futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Ibragimovich Shvetsiya Evro-2016 saralashida omadsizlikka uchraganidan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qilgan edi.
Fikrlar