
Ibragimovich: JCh-2018ni Benzema emas, Desham o‘tkazib yuborishi kerak edi
“Los-Anjeles Gelaksi” hujumchichi Zlatan Ibragimovich Karim Benzemaning JCh-2018 turnirida Frantsiya termasiga chaqirilmagani xato bo‘lgan deya hisoblamoqda.
– Agar murabbiy Benzemani termaga noloyiq deb topsa, unda JCh-2018ni bosh murabbiy o‘tkazib yuborishi kerak, o‘yinchi emas. Bu sharmandalik. Agar Siz yutishni istasangiz, eng yaxshi jamoani tuzing. Benzema – g‘olib, – deydi Ibragimovich.
Eslatib o‘tamiz, Benzema “uchranglilar” ustozi Dide Desham bilan shaxsiy munosabatlar sabab terma jamoaga chaqirilmagan.
Fikrlar