
Ibragimovich: "Milan" oldidagi qarzimni uzishni xohlayman
AQShning «Los-Anjeles Gelaksi» klubi forvardi Zlatan Ibragimovich o‘zining “Milan”ga qaytishi haqidagi xabarlarga munosab bildirdi.
“Milan” tomondan qiziqishlar borligi rost, ammo “Gelaksi”da yana bir mavsum o‘tkazish men uchun muammo emas.
Men “Milan”ni yoqtiraman va bu sir emas. Men u erda ikkita ajoyib mavsumni o‘tkazganman va jamoadan ketishni istamaganman. Biroq, ular meni PSJga o‘tishga majbur qilishgan. Lekin, umuman olganda “Milan” menga yaxshi munosabatda bo‘lgan. Men u erga “Barselona”dan qayg‘u bilan kelganman, ammo “Milan” tufayli yana tabassus qila boshladim va shu sababli ham ushbu qarzimni to‘lashni xohlayman. Ammo, hozir “ha” yoki “yo‘q” deya olmayman. Ko‘ramiz...Gattuzo ajoyib futbolchi bo‘lgan, endi esa ajoyib murabbiy bo‘ldi”, - deydi 37 yoshli shvetsiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Ibragimovich “Milan” safida 2010-2012 yillarda to‘p surgan.
Fikrlar