Ibragimovich qadrdon jamoasiga qaytadimi?

  • 24 sentabr, 2018, 00:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Ayni damda faoliyatini AQShning "Los-Anjeles Gelaksi" klubida davom ettirayotgan hujumchi Zlatan Ibragimovich o‘zi tarbiya topgan "Malmyo" klubi safiga qaytishi mumkin.

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra agar 36 yoshli futbolchi shved klubiga qaytish istagini bildirsa, jamoa unga taklif bilan murojaat qilishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Ibragimovich "Los-Andjeles Gelaksi" safida jami 29ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 18ta gol urishga erishdi. Uning AQShliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!