Iguain "Milan"ga shart qo‘ydi

  • 31.07.2018 10:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Milan” klubi rahbariyati hamon “Yuventus” hujumchisi Gonsalo Iguainning transferi borasidagi ishlarni davom ettirishmoqda.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda “rossonerilar”ning yangi texnik direktori Leonardo kuni kecha argentinalik futbolchining akasi va agenti Nikolas Iguain bilan gaplashgan. Shundan so‘ng Nikolas ukasi bilan “Milan”ning taklifini muhokama qilish uchun darxol Italiyaga etib kelgan.

O‘z navbatida Gonsalo esa faqat bir shart bilan “Milan”ga o‘tishga rozilik bildirgan. Unga ko‘ra 30 yoshli futbolchi ijara shartnomasi yakuniga etgach, “rossonerilar” uning transferini “Yuve”dan to‘liq sotib olishlarini so‘ramoqda.

Bu holatda Iguainni 18 millionga bir yilga ijaraga oladigan “Milan” keyinchalik uning transferini to‘liq sotib olishi uchun turinliklarga yana 36 mln evro to‘lashi lozim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Milanello
31/07/2018 11:01
Ё моёёёё!!! Тепвормасанг, ўтаман дебди-да, қорин амаки... )))