Iguain: "Yuventus" muxlislariga minnatdorlik bildiraman
"Yuventus" klubi hujumchisi Gonsalo Iguain Milanga klub bilan shartnomani rasmiylashtirish uchun etib keldi. 30 yoshli argentinalik futbolchi jurnalistlar bilan uchrashishga hal ulgurdi.
— O‘zimni juda yaxshi his qilyapman. 2 avgust kuni tibbiy ko‘rikdan o‘taman va shartnoma imzolashga umid qilaman. "Milan" muxlislariga salom yo‘llayman, shuningdek, "Yuventus" ishqibozlariga ikki yil ichida qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildiraman. "Milan" bilan yangi mavsum yuqori cho‘qqilarni zabt etishga umid qilaman, — deya Iguainning so‘zlarini keltiradi Calciomercato nashri.
Avvalroq "Yuventus" va "Milan" uchta futbolchining transferi borasida kelishuvga erishganligi ma’lum qilingan. Unga ko‘ra, Leonardo Bonuchchi "Yuventus"ga qaytadi, himoyachi Mattia Kaldara va Iguain "Milan" o‘tadi.
2016 yil yozida "Yuventus" "Napoli"ga Iguain uchun 105 mln evro to‘lagan. Ikki yil ichida argentinalik futbolchi turinliklar safida 105 o‘yinda 55 golga mualliflik qilgan.

Fikrlar