
Iguain: “Yuventus” va “Barselona”ni bir-birlarini hurmat qiladi
Turinning “Yuventus” klubi forvardi Gonsalo Iguain yaqinlashib kelayotgan Chempionlar ligasi chorak final bosqichidan o‘rin olgan “Barselona”ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz bu o‘yinga optimal holatda tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Oldinda bizni juda ham jiddiy raqibga qarshi o‘yin kutib turibdi. “Yuventus” “Barselona”ni hurmat qiladi, o‘z navbatida ular ham bizni”, - deydi argentinalik futbolchi Football Italia nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” va “Yuventus” o‘rtasidagi dastlabki bahs ertaga Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.
Iguain "Napoli"ga qarshi o‘yinda biror marta to‘pga tegmadi
A Seriya. Iguainning dubli “Yuventus”ga g‘alaba keltirdi
Fikrlar