Ikardi "Inter"dan ketmoqchi emasligini aytdi

  • 19.10.2018 08:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Milanning "Inter" klubi forvardi Mauro Ikardining so‘zlariga ko‘ra u “neradzurrilar” safidan ketmoqchi emas.

“Men “Inter”da baxtliman. O‘tgan yoz bir nechta top klublar menga qiziqish bildirishdi, ammo men shu erda qolishga qaror qildim. “Inter” – bu mening uyim va men uni tark etolmayman. Bundan tashqari mening “Inter” bilan birga Chempionlar ligasida o‘ynash orzuim amalga oshdi.

Yangi shartnoma haqida gapiradigan bo‘lsak, bu kelishuvning yangi yilgacha imzolanishi biroz qiyinroq. Lekin, biz o‘zaro kelishuvga erishishimizga ishonaman”, - deydi argentinalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Ikardi joriy mavsum “Inter” safida jami 8ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!