Ikardi Messining "Inter"ga qarshi o‘ynay olmasligidan afsusda
“Inter” hujumchisi Mauro Ikardi “Barselona”ga qarshi EChL 3-tur bahsida kataloniyaliklar etakchisi Lionel Messining maydonga tusha olmasligidan afsusda.
– Afsus Messi maydonga tusha olmaydi. Bunday futbolchilar bilan maydonda uchrashish juda ajoyib. U jahonning eng yaxshi o‘yinchisi. Bu “Barselona” uchun katta yo‘qotish. Bizda Ispaniyada muvaffaqiyat qozonish uchun imkoniyat bor. “Inter”da buning uchun barchasi etarli, – deya Ikardining so‘zlarini keltiradi Football Italia nashri.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” – “Inter” o‘yini “Nou Kamp”da 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar