
Infantino: JCh-2018 futbol tarixida eng zo‘r mundial bo‘ldi
Xozirda, FIFA prezidenti Janni Infantino Qatarda 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik qanday olib borilayotgani bilan tanishmoqda.
- Rossiyada bo‘lib o‘tgan mundialdan juda ko‘p saboq olish mumkin. Birinchisi, qay tarzda butun dunyodan ko‘p sonli muxlislarni kutib olishni yo‘lga qo‘yish, Rossiyaga 1,5 million muxlis tashrif buyurgandi.
Dastlab Jahon chempionatini Rossiyada bo‘lib o‘tishi ko‘p insonlarni tashvishlantirdi. Biroq mundial davomida muxlislar o‘zlarini xavfsiz his qilishdi.
JCh-2018 futbol tarixida eng zo‘r mundial bo‘ldi, Qatardagi JCh-2022 bundan yaxshiroq bo‘lib o‘tishiga ishonchim komil, - dedi Infantino.
Fikrlar