
"Inter" etakchi futbolchilaridan birini yo‘qotishi mumkin
Milanning “Inter” klubi o‘zining etakchi futbolchilaridan biri hisoblangan Marselo Brozovichni yo‘qotishdan qo‘rqmoqda.
Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda 25 yoshli xorvatiyalik futbolchiga ayni damda Evropaning bir qator grandlari jiddiy qiziqish bildira boshlashgan. Ta’kidlash kerakki, uning tovon puli bor yo‘g‘i 60 mln evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Brozovich joriy mavsum “neradzurrilar” safida jami 12ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 2ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar