"Inter" va MYu yozda super hujumchilar rokirovkasini amalga oshirishi mumkin
Milanning "Inter" klubi "Manchester Yunayted" forvardi Romelu Lukakuga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Express nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra “neradzurrilar” 25 yoshli belgiyalik futbolchi evaziga MYuga so‘nggi paytlarda ko‘plab mojarolar keltirib chiqarayotgan argentinalik hujumchi Mauro Ikardini berib yuborishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Lukaku joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida jami 35ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Ikardi esa 28ta o‘yinda 15ta gol urib, 3ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar