International Champions Cup. Nkuduning yagona goli "Tottenxem"ga "Milan" ustidan g‘alaba keltirdi

  • 01.08.2018 08:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor shu kunlarda dunyoning ko‘plab yirik shaharlarida Evropaning grand klublari yangi mavsum oldidan tashkil etiladigan an’anaviy International Champions Cup tijoriy turnirida ishtirok etishmoqda.

Jumladan, bugun AQShning Chikago shahridagi "U.S. Bank Stadium"da turnir doirasida "Tottenxem" va "Milan" o‘zaro bahs yuritishdi. Uchrashuvning 47-daqiqasida Nkudu tomonidan kiritilgan yagona gol yakunda "shporlar"ga g‘alaba taqdim etdi.

"Tottenxem" Angliya – "Milan" Italiya 1:0 (0:0, 1:0)

1 avgust, «U.S. Bank Stadium»

Gol: 1:0 – 47 Nkudu.

"Tottenxem" – Vorm (Gassaniga, 46), Eyoma, Sanches (Karter-Vikers, 90), Uoker-Piters, Eymos, Marsh (Ore, 77), Georgiu (Devis, 77), Lukas Moura (Eriksen, 63), Skipp, Nkudu, Lorente (Son Xyn Min, 63).

"Milan" – Reyna (Donnarumma, 46), Musakko, Kalabriya, Abate (Antonelli, 69), Romanoli, Chalxanoglu (Mauri, 78), Lokatelli, Suso (Xalilovich, 46), Kessie, Borini (Kalinich, 70), Kutrone (Tsadjut, 78).

Ogohlantirishlar: Eyoma (53), Mauri (81), Kessie (84).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!