Iqboljon Xoldorov finalda yutqazib qo‘ydi

  • 26.11.2017 15:05
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyaning Beloyarskiy shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha “Neft mamlakatlari kubogi" davom etmoqda. 64 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Iqboljon Xoldorov hal qiluvchi bahsda rossiyalik Grigoriy Lizunenko bilan kuch sinashdi.

Qiziqarli o‘tgan to‘qnashuvda hamyurtimiz rossiyalik raqibidan mag‘lub bo‘ldi

 

Shunday qilib, Gambrurgda o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionati kumush medali sohibi Iqboljon terma jamoamiz hisobiga ikkinchi medalni olib keldi. Bundan oldin Hasanboy Do‘smatov (52 kg) oltin medalga ega chiqqan edi.

Shuningdek, birozdan so‘ng yana ikki nafar bokschimiz oltin medallar uchun ringga ko‘tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!