Islandiya – Belgiya 0:3 (video)

  • 12 sentabr, 2018, 08:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Kecha Millatlar ligasi 2-turidan o‘rin olgan Islandiya hamda Belgiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Reykyavik shahridagi «Laugardalsvyollur» stadionida kechgan bellashuv mehmonlarning 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakun topdi.

Birinchi bo‘limda belgiyaliklar ikki marta islandlar darvozasini ishg‘ol etishdi. Dastavval 29-daqiqada Eden Azar penaltidan gol kiritib, hisobni ochdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib esa Romelu Lukaku raqib darvozasini ishg‘ol qildi. O‘yin so‘nggida esa yana o‘sha tinib-tinchimas Lukaku Islandiya darvozasiga uchinchi golni kiritdi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan golni tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!