
Ispan go‘zali Ronaldudan norozi yoxud sirlar ochilmoqda
Ispaniyada go‘zallik tanlovi g‘olibasi Dezire Kordero va "Real" etakchisi Krishtianu Ronaldu o‘rtasidagi muhabbat tarixi kunning muhim mavzusiga aylanib qolmoqda.
Avvaliga ispaniyalik jurnalistlar mazkur juftlikning o‘zaro munosabatlari hammaga o‘rnak bo‘lishi kerakligi, nihoyat Ronaldu o‘z tengini topgani va juda baxtli ekani haqida jar solgan edi. Keyinchalik Krishtianu Ronaldu va Dezire Kordero aloqalari o‘zaro manfaatli kelishuv bo‘lib chiqdi.
Shundan so‘ng, jurnalistlar Krishtianu Ronaldu xiyonat qurboni bo‘lganini, Dezire mashhurligini oshirish va ko‘p millionli shartnomalarga ega bo‘lish uchun futbol yulduzidan foydalangani, buni bilib qolgan portugaliyalik charm to‘p ustasi qizning javobini berib yuborgani aytilgandi. Hamma bu pallada Ronalduga rahm ko‘zi bilan qarab, ispan go‘zalidan nafratlandi.
Mana endi Dezire Kordero Krishtianu Ronalduning munosabati tufayli o‘zini tahqirlanganini iddao qilmoqda. Corazón Czn jurnali e’lon qilgan sensatsion maqolada Ronaldu besabab Dezirening qo‘ng‘iroqlari va xabarlariga javob bermayotgani ma’lum qilindi. O‘zini tahqirlanganini his qilgan Dezire endi Ronaldudan uzoqqa - AQShga ko‘chib ketishga qaror qildi.
Krishtianu Ronaldu va Dezire Kordero voqeasida avvaliga vaziyat qurboni bo‘lgan futbolchi endi go‘zal qizni qadriga etmagan va uni tahqirlagan aybdorga aylandi.
Fikrlar