Ispaniya kubogi finali qachon bo‘ladi?
Xabaringiz bor joriy hafta Ispaniya kubogi yarim final javob bahslari o‘tkazildi va hal qiluvchi uchrashuvda ishtirok etuvchi jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra “Real”ni musobaqadan chiqarib yuborgan “Barselona”ga “Betis”dan ustun kelgan “Valensiya” raqiblik qiladigan bo‘ldi. “Ko‘k-anor ranglilar” va “ko‘rshapalaklar” o‘rtasidagi final uchrashuvi 25 may kuni bo‘lib o‘tadi. Ammo, ushbu bahs qaerda o‘tkazilishi hozircha noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqaning amaldagi g‘olibi "Barselona" klubi hisoblanadi.

Fikrlar