
Ispaniya kubogi finaliga mezbonlik qilishga da’vogar stadionlar nomi ma’lum bo‘ldi
Xorij nashrlari joriy 2018/2019 yilgi mavsumda Ispaniya kubogi finaliga mezbonlik qilishga da’vogar stadionlar ro‘yxatini aniqlashdi.
Unga ko‘ra hal qiluvchi bahsni o‘tkazishga "Betis"ning uy stadioni hisoblangan "Benito Vilyamarin" hamda "Valensiya"ning uy o‘yingohi - "Mestalya" da’vogarlik qilmoqda. Ta’kidlash kerakki, bu borada "Benito Vilyamarin"ning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda.
Ma’lumot uchun “Betis”ning uy stadioni o‘z bag‘riga 52 700 nafar tomoshabinni sig‘dira oladi. “Mestalya”da esa ushbu ko‘rsatgich 55 000 nafarni tashkil etadi.
Ispaniya futbol federatsiyasi bu boradagi o‘zining yakuniy qarorini 25 yanvar kuni e’lon qiladi.
Fikrlar