Ispaniya terma jamoasi darvozaboni APL klubiga ko‘chib o‘tdi

  • 9 avgust, 2018, 22:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sevilya" darvozaboni Serxio Riko faoliyatini Angliyaning "Fulxem" klubida davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra "Fulxem" Ispaniya terma jamoasi a’zosini keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga olgan.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli Riko andalusiyaliklar sharafini 2014 yildan buyon himoya qilib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 169ta o‘yinda maydonga tushgan. Ispaniya terma jamoasi safida esa 1ta uchrashuvda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!