Iste’dodli bokschilarimiz yurtimizga qaytib keldi
Rossiyaning Yaroslavl shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha xalqaro turnirda yosh bokschilarimiz 10 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan bokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi.
Nufuzli musobaqa g‘oliblarini Toshkent vokzalida O‘zbekiston boks federatsiyasi vakillari, sport jamoatchiligi, ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib oldi.
Xalqaro turnirda mezbon bokschilaridan tashqari O‘zbekiston, Belarus, Qozog‘iston, Ukraina kelgan charm qo‘lqop ustalari g‘oliblik uchun o‘n vazn toifasida ringga ko‘tarildi.
Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasiz a’zolaridan 48kgda Ahmadjon Ahmedov, 50 kgda Koblanbay To‘raboev, 52 kgda Farxod Eshmahametov, 54 kgda Ruslan Abdullaev, 57 kgda Asadbek Abduraimov, 60 kgda Farruhbek Xasanov, 63 kgda Login Petrov, 66 kgda Nurislom Ismoilov, 70 kgda Jahongir Zokirov, 75 kgda Shohjahon Abdullaev barcha raqiblarini engib, oltin medalga sazovor bo‘lgan edi.
– Xalqaro turnirda birinchi o‘rinni egallab, musobaqaning eng yaxshi bokschisi bo‘lganimdan xursandman, – deydi N.Ismoilov. – Kelgusi musobaqalarda yurtimiz sharafini yanada yuksaltirishga bor kuch-g‘ayratimni ishga solaman.
Eslatib o‘tamiz, Musobaqda terma jamoamiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan edi.

Fikrlar