Istomin yangi sensatsiyaga qodirmi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridda dunyoning eng kuchli tennischilari ishtirokida o‘tkazilayotgan mukofot jamg‘armasi olti million AQSh dollariga yaqin bo‘lgan "Mutua Madrid Open - 2017" xalqaro turnirining saralash o‘yinlari yakunlandi.

 

Ushbu musobaqadagi ishtirokini saralash turniridan boshlagan mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin asosiy to‘rga yo‘llanma oldi.

O‘zbekistonlik tennischi hal qiluvchi bellashuvda AQSh vakili Jared Donaldson bilan kuch sinashdi va kizg‘in o‘tgan bahsni 7:6, 6:4 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.

Madriddan Toshkentga xushxabar keldi

Denis Istomin endi asosiy to‘rda qatnashadi. Bosh sovrin uchun kurashda hamyurtimiz ilk o‘yinini chexiyalik Tomash Berdixga qarshi o‘tkazadi.

Bungacha har ikki tennischi besh marotaba o‘zaro kuch sinashgan va barchasida evropalik tennischining qo‘li baland kelgan.

Lekin Denis Istomin joriy mavsumda o‘zidan kuchli tennischilarni mag‘lubiyatga uchratib, qator sensatsiyalarga sabab bo‘ldi. O‘zbekistonlik tennis muxlislari Denisdan yana bir salmoqli g‘alabani kutib qoladi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!